About Me
YouTube va Instagram sizga o'rgatmaydigan narsalar
YouTube va Instagram sizga o'rgatmaydigan narsalar: O'zbekistonda haqiqiy ekspertlar platformasi qanday ishlaydi?
Tasavvur qiling: ishdan charchab keldingiz. Divanga cho'zilib, telefonni qo'lga olasiz. Instagramni ochasiz — bir xil qisqa videolar, kulgili memlar, kimningdir "ideal" hayoti. YouTube'ga o'tasiz — u yerda ham "qanday qilib bir kunda boyib ketish mumkin" qabilidagi zerikarli va puch va'dalar. Ikki soat vaqtingiz qanday o'tib ketganini bilmay qolasiz, lekin miyada birorta ham foydali ma'lumot qolmaydi. Tanish holat, to'g'rimi?
Aslida, bizga hayotda chindan ham kerak bo'ladigan bilimlar zarur. Masalan, ipoteka olayotganda bankning hiylalariga tushib qolmaslik va moliyaviy qul bo'lmaslik uchun shartnomani qanday o'qish kerak? Yoki oilada yaqin insoningiz murakkab psixologik inqirozni, qaramlikni boshdan kechirayotgan bo'lsa, unga qanday qilib to'g'ri yordam berish mumkin?
Internetda ma'lumot tiqilib yotibdi, ammo ularning aksariyati shunchaki Google'dan olingan quruq nazariya. O'zbekiston sharoitiga mos, amaliyotda sinalgan va o'z ishining haqiqiy ustalaridan olingan sifatli bilimlarni topish – xuddi pichan g'aramidan igna qidirishdek gap. Biz arzon "marafonlar" va yuzaki kurslardan charchadik. Bizga huddi Netflix darajasida tasvirga olingan, ko'zga quvonch bag'ishlaydigan va eng asosiysi — miyani ishlashga majbur qiladigan sifatli kontent kerak.
Aynan shu bo'shliqni to'ldirish uchun MINDS https://preview.minds.uz/uz loyihasi dunyoga keldi.
Bu nima o'zi va u boshqalardan nimasi bilan farq qiladi?
MINDS — bu shunchaki navbatdagi onlayn maktab emas. Bu O'zbekistonning eng kuchli ekspertlari bilan birgalikda yaratilgan mualliflik video-dasturlari platformasi. Bu yerda siz quruq ma'ruzalarni emas, balki sof va real tajribani ko'rasiz.
Masalan, ko'chmas mulk bo'yicha mutaxassis Farrux Kuziyev ipoteka haqidagi haqiqatlarni ochiq-oydin tushuntirib beradi: bank aslida nimadan daromad qiladi, o'z moliyaviy chegarangizni qanday hisoblash kerak va nimalarga aslo imzo chekib bo'lmaydi. Yoki psixolog G'ayrat Namazov oiladagi qaramlik masalalarini qanday hal qilish kerakligini aniq hayotiy misollar orqali yoritib beradi. Va bu platformadagi mavzularning kichik bir qismi xolos.
Eng zo'r tomoni nimada?
Ko'p joylarda kurs sotib olsangiz, sizga qandaydir oylik obunalar tiqishtirishadi yoki muddat tugagach videolarni shunchaki o'chirib yuborishadi. MINDS'da esa hammasi shaffof va oson:
O'zingizga yoqqan dasturni tanlaysiz (har birida sifatli treyler bor, ichida sizni nima kutayotganini oldindan ko'rasiz).
Click yoki Payme orqali bir marta to'lov qilasiz.
Tamom. Video butun umrga shaxsiy kabinetingizda qoladi. Istagan vaqtingizda, istagan qurilmangizdan qayta-qayta ko'raverasiz.
Vaqtimiz — bizning eng qimmatli resursimiz. Uni ijtimoiy tarmoqlardagi ma'nosiz videolarni o'tkazib yuborishga sarflagandan ko'ra, hayotingizni, fikrlash tarzingizni va hatto moliyaviy holatingizni o'zgartirishi mumkin bo'lgan aniq bilimlarga tikkaningiz ming chandon afzal emasmi?
Hozirroq MINDS platformasiga
kiring, treylerlarni tomosha qiling va o'zingizga kerakli bo'lgan dasturni tanlang. Sifatli kontent qanday bo'lishi kerakligini o'zingiz baho bering!
https://preview.minds.uz/